11:31 / 07.09.2019
0
9491

Eto’O faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Kamerunlik mashhur hujumchi Samyuel Eto’O faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

38 yoshli futbolchining so‘nggi klubi «Qatar SK» bo‘ldi.

Eto’O faoliyati davomida «Real», «Malorka», «Barselona», «Inter», «Anji», «Chelsi» kabi klublarda to‘p tepgan. U 3 marta Chempionlar Ligasida, shuncha marta Ispaniya chempionatida, 1 marta Italiya chempionatida g‘alaba qozongan.

1996 - 2014 yillarda Kamerun milliy jamoasida to‘p tepib, 118ta o‘yinda 56ta gol urgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. Hujumchi kamerunliklar tarkibida 2 marta Afrika Kubogi va 1 marta Sidney-2000 olimpiadasida zafar quchgan. Shuningdek, 4 marta Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

«Barchasi tugadi. Oldinda yangi chorlovlar. Hammaga katta rahmat», – deb yozdi Eto’O o‘z bayonotida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top