20:40 / 07.09.2019
0
11330

Xitoy AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish taklifi bilan chiqdi

Xitoy vakillari AQSh savdo vakillari bilan telefon orqali muloqot davomida cheklangan miqdorda Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Politico xabar berdi.

Manbalarning ta'kidlashicha, bu taklif Huawei kompaniyasiga nisbatan cheklovlarning yumshatilishi va 250 mlrd dollarlik mahsulotlarga boj kiritilishining ortga surilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar qanday rivojlanishiga qarab prezident Donald Tramp 15 dekabrda kiritilishi mo‘ljallangan qo‘shimcha bojlar joriy etilishini ortga surishi mumkin.

Ikki hafta ilgari yirik kompaniyalar vakillari Trampni dekabrda iste'molchilarga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aytib bojlar joriy etmaslikka ko‘ndirishga uringandi, degan manbalardan biri.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top