07:30 / 08.09.2019
0
18515

Putin va Zelenskiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi

Foto: RIA Novosti

Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Putin matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

Ikki davlat yetakchilari 7 sentyabrdagi o‘zaro mahkumlar almashishini ijobiy baholashgan. Tomonlar ushbu aksiya munosabatlarni yaxshilash uchun katta ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tishgan.

Shuningdek, prezidentlar Ukrainadagi ixtilofni tartibga solishni muhokama qilishgan. Xususan, Putin va Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga amal qilish, tutashuv chizig‘idan kuchlar va vositalarni bosqichma-bosqich olib ketish muhimligini qayd qilib o‘tishgan.

Bundan tashqari, “normand to‘rtligi” formatidagi navbatdagi uchrashuv samarali bo‘lishi va erishilgan kelishuvlar, birinchi navbatda, Minsk kelishuvlari bajarilishiga yordam  berishi uchun “to‘rtlik” sammitini o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishini davom ettirishga kelishib olindi.

Ikki yetakchi aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.

7 sentyabrda Rossiya va Ukraina o‘rtasida “35 ga 35” shaklida mahkumlarni ozod qilish tarixiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Rossiya tashqi ishlar vazirligida mahkumlarning ozod etilishi ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan muloqotga yo‘ldagi birinchi qadam ekanligi aytilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top