21:05 / 09.09.2019
0
5440

Hindiston armiyasi mamlakat janubida teraktlar yuz berishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi

Hindiston armiyasi mamlakat janubida teraktlar yuz berishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish bilan chiqdi. Mamlakatning quruqlikdagi qo‘shinlari janubiy qo‘mondonligi vakili general Sainining ma'lum qilishicha, Gujorat shtatidagi Sir Krik ko‘rfazi hududida Pokiston bilan chegara yaqinida tashlandiq qayiqlar topilgan.

"Janubiy Hindistonda terrorchilik hujumi sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘plab ma'lumotlar oldik. Sir Krik ko‘rfazi hududida Pokiston bilan chegara yaqinida tashlandiq qayiqlar topildi", - deya Sainining so‘zlaridan iqtibos keltiradi NDTV telekanali.

Avgust oxirlarida Hindiston sohil qo‘riqlash xizmati Pokiston maxsus dengiz kuchlari otryadlari mamlakatga kirishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida ma'lumot olganidan so‘ng barcha portlar yuqori darajadagi xavfsizlik holatiga keltirilgandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top