15:28 / 09.09.2019
0
21130

Peterburg politsiyasi O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. U qotillikda ayblanmoqda

Foto: Peterburgskiy dnevnik

Sankt-Peterburg politsiyasi O‘zbekistonning 43 yoshli fuqarosini qo‘lga oldi. U Bolshaya Pushkarskaya ko‘chasidagi uylardan birida to‘satdan yuz bergan janjal paytida 40 yoshli ayolni pichoq bilan o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, 6 sentabr kuni O‘zbekistonning 43 yoshli fuqarosi Peterburgdagi uylardan birida joylashgan kvartirada 40 yoshli xonadoshini o‘ldirgan. Bu to‘satdan sodir bo‘lgan janjal paytida yuz berdi. Sankt-Peterburg politsiyasi ishsiz qotilni qo‘lga oldi. Bu haqda «Nevskiye novosti»ga huquq-tartibot idoralaridagi manba xabar qilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu holat bo‘yicha «Qotillik» moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top