15:24 / 09.09.2019
0
11066

Suriya va Iroq chegarasida noma'lum samolyot shia jangarilariga zarba berdi

Foto: REUTERS

Noma'lum samolyot Suriya va Iroq chegarasida eronlik qurolli guruhlarga zarba berdi, deb xabar qilmoqda Al-Hadath telekanali.

Xabarda aytilishicha, Abu-Kamol shahri yaqinidagi shia jangarilari joylashgan manzilga bir nechta aviazarba berilgan. Hujum natijasida 18 jangari halok bo‘lgan.

Manbalar uch marta portlash yuz berganini aytishgan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilingan.

Suriyadagi Eron kuchlari hukumat qo‘shinlariga yordam bermoqda. Isroil va AQSh ularning chiqib ketishini talab qilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top