20:01 / 10.09.2019
0
11074

Iroqda diniy marosim vaqtidagi tirbandlikda 31 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Karbala shahrida musulmon bayrami nishonlanishi vaqtida yuz bergan tirbandlik oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.  

Shuningdek, 100 ga yaqin odam jarohat olgan. Iroq sog‘liqni saqlash vazirligi 16 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ashuro kuni nishonlanishi vaqtida piyodalar o‘tish joyi unda bir vaqtda ko‘p odam to‘plangani sababli qulab tushgan.

Ayni kunlar musulmon olami, jumladan iroqlik shialar Ashuro kunini nishonlashmoqda. Shialarda ushbu kunda Karbala yaqinida 680 yilda yuz bergan jang xotirlanadi. O‘sha jangda Muhammad payg‘ambarimizning (s.a.v.) nabiralari imom Husayn, uning ukasi Abbos va ularning 70 ga yaqin safdoshi o‘ldirilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top