19:45 / 10.09.2019
0
9389

Xayriya natijasi: Shohrux og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi

Yodingizda bo‘lsa, tahririyatimiz orqali «Bir o‘g‘limni shu dard sabab tuproqqa qo‘ydim. Ikkinchisiga chiday olmayman» – baxmallik otaning hasrati» sarlavhali xayriya aksiya e'lon qilingan edi. Unda bir o‘g‘lini ikki buyrak yetishmovchiligi sabab yo‘qotgan, endi ikkinchi o‘g‘li ham bu kasallik bilan xastalangan ota Baxtiyor Rahmonqulovning yaxshi insonlardan yordam so‘rab murojaat qilgani aks etgan edi.

Shundan so‘ng saxovatpesha insonlarning yordami bilan kerakli mablag‘ yig‘ildi. Mana bugun oila Hindistonga jo‘nab ketmoqda. Ularga oq yo‘l tilab, kuzatish maqsadida aeroportga bordik. Suhbatimiz davomida oila o‘z yordamini ayamaydigan insonlar borligidan oila juda xursandligini, barcha yaxshilardan minnatdor ekanligini aytib o‘tishdi.

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Qilgan ehsonlaringiz o‘z dargohida qabul bo‘lib, umringizga umr, rizqingizga rizq, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik ato etsin. Bugun sizning yordamingiz sabab – bir o‘zbek bolasi oyoqqa turib, oilasiga va farzandlariga bosh bo‘lib, xalqimiz xizmatida bo‘lsa, albatta, bundan ko‘nglingiz tog‘dek ko‘tariladi. Biz ham o‘zga yurtga shifo izlab ketayotgan yurtdoshlarimizga niyatlariga yetib qaytishini so‘rab qolamiz. Xayriya aksiyamizda faol ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga tahririyatimiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yaxshilik qilishdan charchamang, tolmang, aziz yurtdoshlar!

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top