23:33 / 11.09.2019
0
65033

DXX tomonidan noqonuniy ravishda oltin qazib oluvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

2019 yil 11 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz’ga DXX matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

Jinoiy guruh a'zolari oltin rudasini noqonuniy qazib olish, oltin lom olish va zargarlik buyumlari tayyorlash maqsadida uni qo‘lbola usulda qayta ishlash bilan shug‘ullanishgan. Keyinchalik oltin Hindistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilgan. Tadbir davomida qo‘lga olinganlardan oltin buyumlarning yirik partiyasi hamda oltinni eritish va taqinchoqlar tayyorlash uchun qurilmalar hamda valuta qimmatliklari musodara qilingan. 

Ayni vaqtda guruhga nisbatan tergov olib borilmoqda, shu sababli jinoiy guruh a'zolari shaxslari oshkor qilinmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top