09:41 / 11.09.2019
2
26071

Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz film ma'lum qilindi 

Disney kinostudiyasining 2012 yilda ekranlarga chiqqan “Jon Karter” filmi zamonaviy kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz film deb tan olindi. Bu haqda Hollywood Reporter nashri xabar berdi. 

Rejisser Endryu Stentonning filmi Mars xalqlari ozodligi uchun kurashgan amerikalik harbiy Jon Karter haqida bo‘lib, film jahon prokatida 284 mln dollar to‘plagan, vaholanki uning suratga olinishi va marketingi uchun 364 mln dollar sarflangan.

Moliyaviy zarar 137 mln dollarni tashkil qilgan, biroq film ijodkorlari turli moliyaviy jarayonlar hisobiga zararni kamaytirishga muvaffaq bo‘lishgan.   

Avval eng muvaffaqiyatsiz film rejissyor Renni Xarlinning 1995 yilda ekranlarga chiqqan “Kallakesarlar oroli” (Cutthroat Island) deb hisoblanib kelgan. 95 mln dollarga tushgan film prokatda bor-yo‘g‘i 10 mln dollar yig‘a olgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top