16:39 / 11.09.2019
0
4472

Komilov AQSh mudofaa vaziri vakili bilan muzokara o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati

11 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan AQSh mudofaa vazirining Hind va Tinch okeanlari mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendal Shrayverni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

“Tomonlar O‘zbekiston-AQSh ko‘p qirrali hamkorligining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar”, deyiladi xabarda.  

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, xususan, afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga, shuningdek, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy munosabatlarga Afg‘onistonni jalb etish borasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top