18:22 / 12.09.2019
0
10240

Eronda shaharni dron yordamida suratga olgan sayyohlar qamoqqa olindi

Foto: The Way Overland na Facebook

Eronda dron yordamida video va fotosuratga olgan avstraliyalik sayyohlar qamoqqa olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hibsga olinganlar blogerlar Joli King va Mark Firkin bo‘lib, ular Tehron yaqinida drondan ruxsatsiz foydalanishgan. Qayd etilishicha, mamlakatda dronlardan faqatgina maxsus ruxsat bo‘yicha foydalanish mumkin.  

Avstraliya hukumati Eron bilan muzokara olib bormoqda va o‘z fuqarolarining ozod qilinishini so‘ramoqda.  

Loyihachi Joli King va qurilish sohasi menejyeri Mark Firkin 2017 yildan buyon The Way Overland nomi ostida o‘z bloglarini yuritishadi. Blogerlarning Instagram va YouTube kanallarida dron yordamida olingan o‘nlab video va fotolar joylashtirilgan. Ular haftada bir marta video joylashtirib borishgan va blogerlar uzoq vaqt jim bo‘lib ketishganidan so‘ng ularning obunachilari xavotirlana boshlagan. Ular joylashtirgan oxirgi post 26 iyunda Qirg‘izistonning Norin viloyatidan bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top