07:41 / 13.09.2019
1
32731

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: LiveJournal

Respublika Gidrometeorologiya markazi 14 - 17 sentabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 va 17 sentyabrda 10-15 daraja, 15-16 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 14-16 sentyabrda 23-28 daraja, 17 sentyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda 12-17 daraja, 15-17 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 14 sentyabrda kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15 sentyabrda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda 12-17 daraja, 16-17 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 14 sentyabrda 25-30 daraja, 15-17 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 14 sentyabrda kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda 12-17 daraja, 16-17 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 14 sentyabrda 25-30 daraja, 15-17 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda 12-17 daraja, 16-17 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 14 sentyabrda 26-31 daraja, 15-17 sentyabrda 24-29 daraja issiq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda 12-17 daraja, 16-17 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 14 sentyabrda 25-30 daraja, 15-17 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 16-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda 7-12 daraja, 16-17 sentyabrda 5-10 daraja, kunduzi 14 sentyabrda 15-20 daraja, 15-17 sentyabrda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top