22:02 / 13.09.2019
0
5475

Pokiston tashqi ishlar vaziri Hindiston bosh vazirini kashmirliklar oldida chiqish qilishga chaqirdi

Foto: india.com

Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh mahmud Qurayshiy Kashmirning Pokiston qismida omma oldida chiqish qilib Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududida xuddi shunday chiqish qilishga chaqirdi. Bu haqda ARY telekanali xabar berdi.

"Men Modini Srinagarda kashmirliklar oldida chiqish qilishga chaqiraman. U bunga jur'at qilolmaydi", dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgustda Nyu-Dehli Jammu va Kashmir shtati o‘rniga ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini e'lon qildi. 

Pokiston bu qarorni qoraladi va buni Hindistonning ichki ishi deb tan olishdan bosh tortdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top