23:25 / 15.09.2019
0
39324

Qozog‘istonda avtobus va poyezd to‘qnashib ketdi

Qozog‘istonning Shamalg‘an stansiyasi yaqinida avtobus temir yo‘l izlariga chiqib ketishi oqibatida uning poyezd bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘istonning sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, voqea soat 19:20 atrofida Yekaterinburg-Olmaota yo‘lidagi temir yo‘l kesishmasida avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgani sababli sodir bo‘lgan. Temir yo‘l izlarida turib qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan. Ma'lum qilinishicha, haydovchilar temir yo‘l kesishmasida tartibsiz holatni yuzaga keltirishgan. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bir kishi halok bo‘lgani, jarohatlanganlar borligini ma'lum qilgan. Avtobusda 67 kishi bo‘lgan, bir kishi - haydovchi halok bo‘lgan. Toqayev avtohalokatda jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan. 

Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 3 yo‘lovchi, jumladan 2 yosh bola shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top