13:50 / 17.09.2019
1
19317

Afg‘onistonda prezidentning saylovoldi kampaniyasidagi chiqishi vaqtida portlash amalga oshirildi. 25 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Parvan viloyatida mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani ishtirokidagi saylovoldi tadbiri vaqtida terakt amalga oshirildi.

Bomba tadbir bo‘lib o‘tayotgan hududga kirishda turgan politsiya mashinasiga o‘rnatilgan bo‘lgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, yana 31 kishi jarohat olgan, prezident va uning hamrohlari jabrlanmagan.

Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi. 

Afg‘onistonda prezident saylovlari 28 sentyabrga belgilangan. Bundan avvalroq «Tolibon» harakati vakillari saylovni barbod qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top