07:58 / 18.09.2019
0
17344

AQSh armiyasi Saudiya Arabistonidagi hujumlardan keyin to‘liq jangovar shaylikka keltirildi

Foto: REUTERS

AQSh armiyasi Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumlardan keyin to‘liq jangovar shaylikka keltirildi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens ma'lum qildi, deb xabar berdi The Hill nashri.  

Pens Vashington hujum uchun Eronni javobgar deb hisoblashini tasdiqladi va yaqin orada qanday javob berish bo‘yicha bir qarorga kelishini aytib o‘tdi.

“AQSh prezidenti aytganidek, biz hech kim bilan urushni istamaymiz, biroq unga tayyormiz. Biz mintaqada o‘z manfaatlarimiz va ittifoqdoshlarimizni himoya qilishga tayyormiz”, deb aytgan Pens.

Uning ta'kidlashicha, vaziyatni muhokama qilish uchun AQSh davlat kotibi Saudiya Arabistoniga tashrif buradi.

Avvalroq Pens Eronni Fors ko‘rfazida yangi hujumlar amalga oshirsa, keskin javob berilishidan ogohlantirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top