10:31 / 19.09.2019
0
6017

Nur-Sultonda erkin kurash bahslari boshlanmoqda. Bugun O‘zbekiston ayollar kurashida ilk medalni olishi mumkin

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Nur-Sultonda davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida bugundan erkin kurash bahslariga start beriladi. Shuningdek, ayollar kurashi bo‘yicha musobaqalar davom ettiriladi.

Kun doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 5 a'zosi gilamga chiqadi. Ulardan 4 nafari olimpiada dasturiga kiritilgan vazn toifalarida ishtirok etadi. Faqat bronza medali uchun kurashadigan Gulnora Toshpo‘latovaning (-59 kg) vazni olimpiya o‘yinlari dasturida yo‘q.

Saralash:
-62 kg: Nabira Esenbayeva – Kayla Mirekl (AQSh)
-68 kg: Nilufar Gadoyeva – Batsetseg Soronzonbold (Mo‘g‘iliston)

Bronza medali uchun:
-59 kg: Gulnora Toshpo‘latova – Tsinru Pei (Xitoy)

Erkin kurash, saralash:
-57 kg: Jahongirmirza Turobov – Lou Bingam (Nauru)
-65 kg: Temurjon Usmonohunov – Shaoxua Yuuan (Xitoy)

Eslatib o‘tamiz, yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda o‘zbekistonliklardan Aram Vardanyan kumush (-72 kg), Rustam Assakalov (-87 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) bronza medallari sohibi bo‘ldi. Assakalov, Berdimuratov va Elmurat Tasmuradov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top