19:16 / 21.09.2019
0
9289

Eron Rossiya va Xitoy bilan harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Eron, Rossiya va Xitoy yaqin vaqt ichida Hind okeani va Ummon ko‘rfazida hamkorlikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi xalqaro departamenti boshlig‘i Muhammad Shaltuqiy ma'lum qildi.

"Tez fursat ichida islom inqilobidan so‘ng ilk bor Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazamiz. Mashg‘ulotlar Hind okeanining shimoliy qismi va Ummon ko‘rfazida bo‘lib o‘tadi", deya undan iqtibos keltirmoqda Fars agentligi.

Mashg‘ulotlar bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

2 sentyabrda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Rossiya va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top