16:10 / 23.09.2019
0
26255

«O‘ztransgaz» boshqaruvida o‘zgarish: raisning yangi birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jasur Shamsiyev «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Jasur Shamsiyev

Qayd etilishicha, u bunga qadar «Sho‘rtanneftgaz» MChJ direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi oxirlarida Avaz Alimov «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisining kapital qurilish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Undan avvalroq, 2018 yil dekabridan buyon «O‘ztransgaz»ga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Eshmuratov yangi tashkil etilgan «Hududgazta'minot» raisi etib tayinlangani, uning o‘rnini 2016 yildan buyon «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Sayidov egallagani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top