14:28 / 23.09.2019
0
30811

Qoraqalpog‘iston: shamollar, kenglik va bepoyon boylik... (fotojamlanma)

22-25 sentabr kunlari Energetika vazirligi tomonidan o‘zbek va xorijiy OAV vakillari, soha mutasaddilari ishtirokida Qoraqalpog‘iston respublikasi, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari bo‘ylab press-tur uyushtirildi. Bu jarayonda Kun.uz vakillari ham ishtirok etmoqdalar. E'tiboringizga muxbirlarimiz tomonidan tadbirning ilk kunida jamlab saralangan  suratlarni havola etamiz.

Samolyot, avtobus, yo‘ltanlamas avtomobillar. Bu bepoyon hududda har birining o‘rni bor.

Mo‘ynoq: yashashning o‘zi inson matonatidan darak bo‘lgan maskan. Lekin hammasi yangitdan boshlanmoqda.

Simba qoyasi

Orol alvido aytgan nuqta: kemalar qabristoni. Bugungi kunda muzeyga aylantirilgan va har bir sayyoh o‘tgan asrdan tug‘ilib, o‘zi haqida bong urgan, bu asrda oqibatlari bilan hammani o‘yga toldirayotgan muammo qarshisida mungga cho‘madi.

Yo‘llar va saksovullar. Yo‘llar va saksovullar... Shamol har qadamda sizga hamroh bo‘ladi.

Mehmonlar sharafiga to‘kin dasturxon. Oshpazlar Samarqanddan kelib ishlashadi. 15 kun ish, 15 kun dam olish. Dam olishning 2-4 kuni yo‘lda o‘tadi.

Samolyotda 1 soat 30 minut, avtobusda 2 soat, yo‘l tanlamas mashinalarda 1 soat 30 minut yurib yetib kelingan hudud – gaz qazib olish nuqtalari.

Quvurlar 1500-2950 metr chuqurlikkacha yetib boradi va bu tabiiy boylikni yuzaga chiqaradilar.

Ustyurt gaz kimyo majmuasi. Bu beqiyos majmuani so‘z ta'riflay olmaydi, surat ma'lum qismini qamrab oladi, faqat kelib ko‘rgan ko‘zlargina hayajonni his qila oladilar.

 

Safar davom etmoqda.

Abror Zohidov, tasvirchi Sherzod Egamberdiyev.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top