13:10 / 24.09.2019
0
4933

Giyohvand moddalarning noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shartli xaridorga fuqaro P.T. 100 ming so‘m evaziga og‘irligi 5 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini sotib, so‘ngra buyurtmaga og‘irligi 135 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini 2 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Shundan so‘ng, fuqaro P.T.ning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xonadon og‘ilxonasidan 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi hamda og‘irligi 1 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Tadbir davomida jami 141 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvand moddasi hamda 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top