23:33 / 28.09.2019
0
13078

Atlantika okeanida yo‘qolib qolgan Bourbon Rhode kemasi cho‘kib ketgani ma'lum bo‘ldi

Atlantika okeanida dovulda qolgan Bourbon Rhode kemasi cho‘kib ketdi, hozircha uch kishi qutqarilgan. Bu haqda kema egasi bo‘lgan kompaniya ma'lum qildi.

"Kema cho‘kib ketganligi tasdiqlandi", - deyiladi kompaniya matbuot relizida.

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi Atlantika okeanida Bourbon Rhode kemasi yo‘qolib qolganligi, ekipaj a'zolari orasida o‘nga yaqin Ukraina fuqarolari bo‘lganligini xabar qilgandi.

Ma'lumot berilishicha, qutqarib olinganlarning ikki nafari ukrainlardir.

Qutqaruvchilar Fransiya HDK bilan hamkorlikda ekipajning qolgan a'zolarini topish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Aksariyat savdo kemalari yordam ko‘rsatish maqsadida o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top