20:30 / 29.09.2019
9
93883
Reklama

O‘qituvchilar uchun e'lon qilingan maxsus aksiyaga Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt modellari qo‘shildi

UzAuto Motors kompaniyasi ko‘plab talab va istaklarni inobatga O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida e'lon qilingan aksiyadagi avtomobillar modellari qatorini Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt avtomobillari bilan to‘ldirayotgani haqida ma'lum qiladi.

Aksiya doirasida umumta'lim, o‘rta-maxsus va oliy ta'lim muassasalarining o‘qituvchilari ushbu modeldagi avtomobillarni quyidagi shartlar asosida xarid qilishi mumkin:

— 60 foiz oldindan to‘lov;

— qolgan summa 1 yil davomida foizsiz to‘lab boriladi.

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta'lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma'lumotnoma) taqdim etishi lozim.

Shuningdek, avtomobilni garovga qo‘yish hamda xatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

  • «AS SERVIS» tarmoqlarining dilerlik korxonalari
  • «Sergeli Avtotexxizmat» AJ
  • «Nurafshon Avtocentr» MChJ
  • «Qaraqalpaqavtotexxizmet» MChJ

Avvalroq o‘qituvchilar uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini xarid qilish imkoni mavjud bo‘lgan aksiya haqida e'lon qilingandi.

Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan.

Yaxshi kayfiyat va yoqimli xarid tilaymiz!

«UzAuto Motors» AJ

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top