11:16 / 01.10.2019
0
5826

Peruda prezident va parlament bir-birini hokimiyatdan chetlatdi

Peru prezidenti Martin Viskarra / Foto: Andres Valle/​AP/​dpa

Peru prezidenti Martin Viskarra kongressni tarqatib, 2020 yil 26 yanvarda parlament saylovlari o‘tkazilishini e'lon qilgach, parlament bunga javoban prezidentni vaqtinchalik layoqatsiz deb e'lon qilib, uning o‘rniga vitse-prezident Mersedes Araosni tayinladi. 

Araos prezidentning kongressni tarqatish qarorini noqonuniy deb atagan.

Parlament, shuningdek, BMT Bosh assambleyasi va Amerika davlatlari tashkilotiga “demokratiyaga tahdid solinayotgani” haqida maktub yo‘llagan.   

Prezident lavozimini 2018 yil 24 martdan egallab kelayotgan Viskarra deputatlar uning konstitutsion sud islohotiga qarshi chiqqanlari uchun parlamentni tarqatmoqchi bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top