19:37 / 01.10.2019
0
3579

«Savdogarbank» ustoz va murabbiylarni qutlaydi

Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat banki jamoasi mamlakatimizning o‘qituvchi va murabbiylarini Ustoz va murabbiylar kuni bilan muborakbod etadi!

Jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi va ertangi taqdiri bugungi yoshlarimizning qanchalik yetuk bilim va yuksak ma'naviyat egasi bo‘lib kamolga yetishiga chambarchas bog‘liqdir. Bu sharafli va mas'uliyatli vazifaga yurtimizdagi minglab jonkuyar, fidoyi ustoz-murabbiylarning faoliyati orqali erishiladi.

«Savdogar» banki jamoasi ushbu qutlug‘ ayyomda farzandlarimizga ta'lim-tarbiya, bilim berayotgan o‘qituvchi va ustozlarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, ularning mashaqqatli faoliyatida yutuqlar yor bo‘lishini tilaydi.

Milliy an'analarimiz davomchilari va mamlakatimiz taraqqiyotining ertangi bunyodkorlarini voyaga yetkazayotgan ustoz-murabbiylarga doimo ta'zimdamiz.

Mehnatlaringiz va shogirdlaringiz kamolini ko‘ring, aziz ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top