22:04 / 01.10.2019
0
10071

Tojikistonda Imomali Rahmon haqidagi eng yaxshi maqola uchun tanlov e'lon qilindi  

Tojikiston hukumati huzuridagi Yoshlar va sport masalalari qo‘mitasi “Imomali Rahmon – Tojikiston Respublikasi Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni – Milliy armiya asoschisi” mavzusidagi eng yaxshi maqola uchun tanlov e'lon qildi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar berdi. 

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovni o‘tkazishdan maqsad yangi ilmiy iste'dodlarni kashf qilish va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik hamda milliy o‘zini anglash hissini oshirish hisoblanadi.

Ishtirokchilar taqdim qiladigan material 6 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim. Tanlov g‘oliblari qo‘mitaning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top