15:25 / 02.10.2019
0
7998

Amerikalik senatorlar Rossiyani muxolifatni ta'qib qilgani uchun jazolashni talab qilishdi

Foto: Fotolia / W.Scott

Respublikachi Marko Rubio va demokrat Ben Kardin boshchiligidagi senatorlar guruhi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va moliya vaziri Stiven Mnuchinga maktub yo‘lladi. Ular maktubda rossiyalik yuqori lavozimdagi amaldorlarga nisbatan sanksiya kiritilishini talab qilishgan.

«Biz Rossiya hukumati tomonidan dissidentlar va muxolifat yetakchilariga nisbatan davom etayotgan ta'qiblarga javoban chora ko‘rishni so‘raymiz», — deyiladi maktubda. 

Senatorlar amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritilishini talab qilishmoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 200dan ortiq siyosiy mahbus bor. 

«Bu mahbuslarning o‘tmishi turlicha bo‘lsa-da, ularning barini Vladimir Putinning avtoritar rejimidagi adolatsiz hibs birlashtirib turadi», — deyiladi maktubda.

Ular bosh prokuror Yuriy Chayka, adliya vaziri Aleksandr Konovalov va jazoni ijro etish federal xizmati rahbari Gennadiy Korniyenko kabi mansabdorlarga nisbatan sanksiyalar kiritishni so‘rashgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top