17:38 / 02.10.2019
0
9301
Reklama

«O‘z kuchingni top»: CA Distribution va HP Toshkentda rasmiy ravishda HP mahsulotlarini taqdim etdi

Devayslar taqdimoti sentabr oxirida bo‘lib o‘tdi

«O‘z kuchingni top» shiori ostida Toshkentda Hewlett-Packard xalqaro IT kompaniyasining mashhur yangi modellari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Taqdimot mehmonlari yangi mahsulotlar bilan tanishdilar, zamonaviy texnologiyalarda joriy etilgan megatendensiyalar va qurilmalarni sinash va ularni ish jarayonida ko‘rish imkoniyatlari ushbu tadbirning muhim qismiga aylandi.

HP vakillari yangi mahsulotlarning afzalliklari va farqlarini qayd etdilar, shuningdek, kiber-xavfsizlik va yaqin kelajakda tendensiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda bugungi kunda erishilgan innovatsion texnologiyalar haqida so‘z yuritdilar.

«Bugun biz brendning 80 yillik tarixini qisqacha ko‘rib o‘tdik va endi O‘zbekiston bozoriga kirib kelganimizdan bag‘oyat shodmiz. Bu vaqt ichida dunyo juda ko‘p o‘zgarishlarga uchradi va ba'zida o‘zgarishlar tartibsiz bo‘lib tuyuladi, ammo taraqqiyotga intilishda innovatsiyalar va global tendensiyalarga e'tibor qaratish lozim» – dedi HP EKG bosh direktori Andrey Astashkov.

HP 2019 yildagi eng so‘nggi yangiliklarni e'lon qildi: premium sinfiga oid bo‘lgan HP Specter biznes noutbuki va haqiqiy geymerlar uchun HP Omen o‘yin noutbuklari.

Eng yangi rusumdagi Specter x360 noutbuki

Specter modeli HP arsenalida 2013 yilda paydo bo‘lgan va o‘sha vaqtdan beri ushbu model o‘zini ishbilarmon odamlar uchun noutbuk sifatida namoyon etib kelmoqda. Yangi model barcha xususiyatlarga ega: portativlik, qudratli quvvat, stilusni qo‘llab-quvvatlash hamda sensor ekran. Noutbuk to‘rt yadroli Intel Core i7-8705G protsessor (3,1 GGs, TurboBoost 4,1 GGs gacha), diskret grafigi 4 Gb Radeon RX Vega M, 16 Gb DDR4-2400 RAM operativ xotira, 512 GB SSD qattiq disk bilan jihozlangan. Ushbu qurilmaning eng muhim xususiyati GorillaGlass himoya oynasi ostida joylashgan 4K IPS WLED sensorli ekranidir. Bularning barchasi og‘irligi 2,1 kg va qalinligi 1,9 sm bo‘lgan «quti» ichida joylashtirilgan.

OMEN 15 geymerlar orzusi

HP tomonidan o‘yinlar uchun ishlab chiqarilgan OMEN brendi bu – shaxsiy kompyuterlar bozorida eng tez rivojlanayotgan kompyuterlardan biridir. Mahsulot turlari qatoriga kuchli o‘yin stansiyalari, kiber-geymerlar uchun noutbuklar, monitorlar, tashqi uskunalar kiradi.

O‘yin qurilmasiga kelsak, eng yangi model Omen 15 hisoblanadi. 2019 yilda HP Omen 15 protsessorini, grafik tezlantiruvchisini va boshqa qismlarini yaxshilagan tarzda yangiladi.

Taqdim etilgan yangi HP OMEN 15 ta'kidlanishicha, yangilanish tezligi 240 GGs bo‘lgan displey bilan jihozlangan dunyodagi birinchi noutbukdir. Ekran diagonali 15,6 dyuym o‘lchamiga va 1920×1080 piksel (Full HD formati)ga ega. Leptopning yana bir o‘ziga xos xususiyati Wi-Fi 6 yoki 802.11ah adapterining mavjudligidir. Ushbu standart simsiz tarmoqning band bo‘lgan tashqi efir muhitida spektral samaradorlikni va 802.11ac Wave-2 standartiga nisbatan nazariy o‘tkazuvchanlikni ikki baravar oshiradi.

Turkum bo‘yicha menejyer Anton Lepert maxsus mahsulotlar tizimi bilan mehmonlarni batafsilroq tanishtirdi. Vakilning so‘zlariga ko‘ra, brend barcha foydalanuvchilar uchun, xususan, o‘yinlarni xush ko‘radiganlar va noutbukdan foydalangan holda murakkab biznes vazifalarni bajaruvchilar uchun brend tomonidan taqdim etilgan keng toifalarni namoyish etdi. Shuningdek, u qurilmalarning texnik tavsifi xususiyatlarini ta'kidlab, har bir moslamaning maqsadi va noyob xususiyatlari haqida gapirib o‘tdi.

Bu yil HP kompaniyasi IT global bozorida o‘zining 80 yilligini nishonladi. Bozordaga 80 yillik faoliyati davomida HP 50 yildan buyon Rossiyada ishlab kelmoqda. 1959 yilda Devv Pakkard birinchi marta Sovet Ittifoqiga tashrif buyurdi va 10 yil o‘tib HP mahsulotlari Moskva texnologiya ko‘rgazmasida namoyish etildi, shundan so‘ng birinchi uskunalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. HP sobiq Sovet Ittifoqida 1973 yilda o‘z vakolatxonasini ochgan bo‘lib, u bugungi kunda ham faoliyat ko‘rsatmoqda.Dastlab uning shtatida atiga 8 kishi ishlagan.

Tafsilotlar: www.hp.com da

Email: info@ca-dc.uz

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top