09:22 / 03.10.2019
2
47703

AI-91 benzini narxi pasaydi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Odinokov

2019 yil 23-27 sentabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarning ustuvor ravishda pasayishi kuzatildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3720,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 3402,5 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 %ga pasayib, bir tonnasi uchun 6409,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 14,5 mlrd so‘mlik 4771,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 6,7 %ga pasayib, bir tonna uchun 3037,5 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘xshash tendensiya qora metall bozorida ham kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 2,2 %ga pasaydi va bir tonnasi uchun 5000,7 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallarning hajmi jami 7,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Tsement bozori kichik o‘sishni ko‘rsatmoqda. Ps M-400 D-20 markali sement bo‘yicha haftalik kotirovka bir tonna uchun 485,5 ming so‘m miqdorida belgilanib avvalgi haftaga nisbatan 0,7 %ga o‘sdi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni bir tonna uchun o‘rtacha narx 401,0-602,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida narxlar trendi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 2,7 %ga pasayib, bir tonna uchun 12,9 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,4 mln so‘mdan 13,4 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top