11:08 / 03.10.2019
0
6066

Oliy darajali «Do‘stlik» ordenini ta'sis etish rejalashtirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 30 sentabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Deputatlar «Oliy darajali «Do‘stlik» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, loyihada Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xalqlar yakdilligiga erishishdagi alohida xizmatlari, har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishdagi sermahsul faoliyati, mintaqalararo kelishuvga erishish, shuningdek, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanishi belgilanmoqda.

Ma'lumot uchun: O‘zbekistonda hozir «Do‘stlik» davlat ordeni mavjud. U 1994 yil 5 may kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi qarori bilan ta'sis etilgan. «Do‘stlik» davlat ordeni o‘z vaqtida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov, hozirgi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga topshirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top