12:42 / 04.10.2019
2
12212

IIBB xorijga ishga jo‘natish bo‘yicha yana bir firibgarlik holati haqida xabar berdi

Illyustrativ foto

2018 yilning may oyida Yunusobod tumanida 37 yoshli Ibrohimjon J. 30 yoshli Fozil B.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini va'da qilgan. 

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u o‘zining "xizmatlari" uchun 15.310.000 so‘m olib, va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo‘ling! Muammongizni hal qilishini bildirgan to‘g‘ri kelgan odamga ishonmang”, - deyiladi poytaxt IIBB ma'lumotida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top