21:17 / 05.10.2019
6
40278

Andijon viloyati hokimi «Devonaboy» masjidi muazziniga avtomashina sovg‘a qildi

27 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 816-son qarori qabul qilindi.   

Qarorga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan e'lon qilingan «1 oktabr - Xalqaro keksalar kuni»ni har yili mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida oktabr oyining birinchi haftasi «Keksalar haftaligi» etib belgilandi.

Oktabr oyining birinchi haftasida “Keksalar haftaligi” doirasida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda. Andijon viloyatida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi asosida keksa avlod vakillarining O‘zbekistonning turli hududlaridagi shahar va ziyoratgohlariga sayohati tashkil etildi.

Bugun, 5 oktabr kuni andijonlik nuroniylar Xonobod shahrida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyat hokimi uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir qator keksalarni taqdirladi. Shuhratbek Abdurahmonov andijonlik taniqli qori, «Devonaboy» masjidi muazzini Muhammadjon Temirovga Neksiya-3 avtomashinasini sovg‘a qildi.  

Muhammadjon qori Temirov el orasida Qur'on suralarini o‘zgacha shirali ovozi bilan tilovat qilishi orqali shuhrat qozongan. 

    

Elmurod Ermatov

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top