10:05 / 05.10.2019
2
13999

Bojxona va DXX xodimlari 516 ming dollarni noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi

 Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi naqd xorijiy valutalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

 2019 yil 3 oktabr kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “LADA XRAY” rusumli avtoulov qo‘shni davlatga o‘tish maqsadida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Avtoulovni to‘xtatish jarayonida haydovchi M.N. mazkur avtoulovdan o‘ramlarni olib, qir-adirga yashirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.

 Qora paketlarga solingan mazkur o‘ramlar qonunbuzarning o‘zi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularda jami 516 486 naqd AQSh dollari mavjudligi va mazkur naqd xorijiy valutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqish rejalashtirilganligi aniqlandi.

 Hozirda qonunbuzardan naqd xorijiy valutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top