08:25 / 07.10.2019
0
11175

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV matbuot xizmati

2019 yilning 30 sentabr – 6 oktabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning me'yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari - O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mamedov tegishli Bayonnoma imzoladilar.

Uchrashuv an'anaviy iliq va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi TIV xabarida.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top