16:20 / 08.10.2019
0
5254

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun qaysi postda qancha vaqt sarflanmoqda? Sentabr oyi natijalari

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan tovar va transport vositalarining eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan o‘rtacha vaqti haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, ma'lumot bojxona postlari kesimida 2019 yil sentabr oyi yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan.

Eksport bo‘yicha

1-o‘rin - “Andijon” TIF bojxona posti – 5 daqiqa 4 soniya;
2-o‘rin - “Kitob” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 24 soniya;
3-o‘rin - “Qorovulbozor” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 38 soniya.

Import bo‘yicha

1-o‘rin - “Andijon” TIF bojxona posti – 18 daqiqa 41 soniya;
2-o‘rin - “Jarqo‘rg‘on” TIF bojxona posti – 32 daqiqa 21 soniya;
3-o‘rin -“Muborak” TIf bojxona posti – 37 daqiqa 28 soniya.

Ushbu ma'lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasi endilikda ilk bor Davlat ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top