23:06 / 08.10.2019
0
52172

Ichki ishlar vazirligi yana 3 kamerunlik ushlanganini ma'lum qildi  

Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tergov departamenti Kamerun fuqarolari bo‘lgan va O‘zbekistonda firibgarliklar amalga oshirganlikda ayblanayotgan 4 kishining suratini e'lon qilgandi. Ushbu kimsalarning jinoyatlaridan jabr ko‘rganlardan ichki ishlar vazirligining tegishli telefon raqamlari orqali bog‘lanish so‘ralgandi. 

Ichki ishlar vazirligining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yana 3 kamerunlik qo‘lga olingan.   

Biroq afrikaliklar qanday jinoyatlarni sodir etgani hali ma'lum qilinmagan.

“Agar siz suratlarda ko‘rsatilgan shaxslarning jinoiy harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki “102” raqami hamda IIV tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 yoki IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyilgan xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top