14:39 / 09.10.2019
0
18359

Yunusobod tumanida maishiy janjal ortidan qotillik sodir bo‘ldi

2019 yil 8 oktabr kuni soat 18:30larda fuqaro S.L. (1977 y.t.) o‘zining Yunusobod tumani, 12-mavzedagi xonadonida tanishi I.K. (1967 y.t.) bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘ng S.L. o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, oshxona pichog‘i bilan I.K.ning bo‘yin qismiga bir necha marotaba pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.L.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top