22:36 / 10.10.2019
0
15098

Zelenskiyning matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kiyevdagi Kyiv Food Market oziq-ovqat bozorida soat 10dan boshlab davom etayotgan matbuot-marafoni davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

Zelenskiyning jurnalistlar bilan suhbati vaqtida uning matbuot kotibi Yuliya Mendel rekordlar milliy ro‘yxati vakili bilan paydo bo‘lib, jahon rekordi o‘rnatilganini e'lon qilgan.

“Bizda jahon rekordi!”, deb ma'lum qilgan Mendel.

“Hozirning o‘ziga qadar matbuot anjuman 8 soatdan ko‘proq davom etmoqda. Kimning rekordi yangilanganini aytmayman, biroq u 45 daqiqa ortda qoldi”, deb aytgan rekordlar ro‘yxati vakili va Zelenskiyga rekord o‘rnatilgani haqidagi diplomni topshirgan. 

Shu bilan birga u Ukraina prezidentining jurnalistlar bilan suhbati soat 21-22largacha davom etishi mumkinligini aytgan.

Zelenskiy bilan matbuot anjumanda ishtirok etishga 300 jurnalist akkreditatsiya olgan. Ukraina prezidenti bilan muloqot doirasida uning yoniga 7-10 kishidan iborat guruhlarni qo‘yish va har bir guruhga 20-30 daqiqadan vaqt ajratish rejalashtirilgan.

Dastlab marafon 6 soatga yaqin davom etishi taxmin qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top