10:40 / 11.10.2019
0
3066

Bektemirdagi yong‘in oqibatida yosh bola kuyish tan jarohati oldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 8 oktabr kuni soat 17:57da Toshkent shahri Bektemir tumani Olmos ko‘chasi 36-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 18:05da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:09da to‘liq bartaraf etilgan. 

Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga yetib borgunga qadar uy egasining 2015 y.t. o‘g‘li A.A. yong‘in vaqtida olgan kuyish tan jarohati sababli shifoxonaga olib ketilganligi ma'lum bo‘lgan. 

Yong‘in oqibatida 8 kv. metr maydonda somon presslari yongan. Hodisaning taxminiy sababi - nazoratsiz qoldirilgan yosh bolaning gugurt o‘ynashi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top