17:39 / 12.10.2019
0
24334

Habib Nurmagomedov: «23 noyabr kuni Toshkentda bo‘laman»

Foto: REUTERS/Christopher Pike

UFC bo‘yicha jahon chempioni, rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni O‘zbekistonga keladi. Bu haqda sportchi o‘zining instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

«Assalomu alaykum, O‘zbekiston. Xudo xohlasa, 23 noyabr kuni Toshkentdagi #GFC20 musobaqasida qatnashaman. Tez orada ko‘rishamiz, hammaga salomatlik va omad»,— deb yozdi Nurmagomedov o‘zining sahifasida.

23 noyabr kuni Toshkentdagi Humo arena majmuasida MMA bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Bu sport bo‘yicha O‘zbekistonda hali professional musobaqa o‘tkazilmagandi. Kechaning markaziy jangida Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov o‘zbekistonlik Amin Ergashev bilan chempionlik kamari uchun jang qiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top