12:55 / 12.10.2019
0
4633

Namanganda elektr energiyasi sohasida avtomatlashtirilgan tizim ishlari davom etmokda

Ma'lumki, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Namangan viloyatining shahar va tumanlarida elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda. Jumladan Namangan shahrida 116 mingdan ortiq aholi va 2100 dan ortiq ulgurji iste'molchilarga hisoblagichlar o‘rnatilib bo‘lindi. Bundan tashqari Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida ham aholi iste'molchilarining 9000 dan ziyodiga hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lindi, hozirgi vaqtda rejaga asosan qolgan hisoblagichlarni almashtirish ishlari davom etmoqda. Shuni iste'molchilarga eslatib o‘tamizki, o‘rnatilayotgan hisoblagichlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatib beriladi.

Hurmatli iste'molchilar, hisoblagichlar o‘rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta'magirlik holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingizni so‘raymiz. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top