20:10 / 13.10.2019
0
3193

Formula-1: Valtteri Bottas Yaponiya bosqichida g‘olib bo‘ldi

“Formula-1” avtopoygasining Yaponiyadagi bosqichida “Mersedes” jamoasi a'zosi Valtteri Bottas g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni “Ferrari” vakili Sebastyan Fettel, 3-o‘rinni “Mersedes”ning yana bir a'zosi Lyuis Xemilton egalladi.

Umumiy hisobda Xemilton 338 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni Bottas (274 ochko) va 3-o‘rinni “Ferrari” a'zosi Sharl Lekler (223 ochko) egallamoqda. 

Ta'kidlash joiz, “Mersedes” jamoasi konstruktorlar kubogida muddatdan avval g‘olib bo‘ldi.

Poyganing 18-bosqichi Meksikada 25-27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top