09:00 / 13.10.2019
0
14973

Kurdlar Turkiyaning 75 harbiysini o‘ldirishganini ta'kidlashmoqda 

Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis

“Suriya demokratik kuchlari” Suriyaning Ras al-Ayn shahrida turk armiyasiga zarba berishi natijasida 75 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, 7 ta tank yo‘q qilingan. Bu haqda Firat kurd axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, yana 19 harbiy jarohat olgan. 

12 oktyabrda Turkiya mudofaa vazirligi strategik ahamiyatdagi Ras al-Ayn shahri Turkiya qurolli kuchlari va “Suriya ozod armiyasi” tomonidan nazorat ostiga olinganini ma'lum qilgan.    

Al Jazeera telekanalining xabar berishicha, Turkiya qo‘shinlarining keyingi maqsadi Raqqa viloyatidagi Tall-Obod shahri hisoblanib, u uchun 4-kun janglar ketmoqda. Turkiya armiyasi va “Suriya ozod armiyasi” shaharni qurshab olishga harakat qilmoqda. Ularning nazoratiga shahar atrofidagi 25 ta aholi punkti o‘tgan. Biroq shaharning shturm qilinishi katta yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligi xavotiri sababli qoldirilmoqda. Turk uchuvchilari shahar ustidan tinch aholi shaharni tark etishga, kurd otryadlari esa qurolni tashlashga chaqirilgan varaqalar sochmoqda.

SANA axborot agentligining xabar berishicha, turk aviatsiyasi zarbalari oqibatida kurd muxtoriyati ma'muriy markazi joylashgan Qamishli shahridagi elektr stansiya ishdan chiqqan. 

Mavzu
Turkiya va kurdlar
Turkiya 9 oktabr kuni Suriya shimolidagi kurdlarga qarshi quruqlikdagi harbiy kampaniya boshladi. «Tinchlik bulog‘i» nomli amaliyotdan maqsad - Turkiya chegaralari yaqinida terrorchilar uchun yo‘lak qoldirmaslik hisoblanadi
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top