14:11 / 15.10.2019
7
17192

O‘zbekistondagi parlament saylovlari necha pulga tushmoqda?

2019 yil 15 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori quyidagicha belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun – 10 832 000 (o‘n million sakkiz yuz o‘ttiz ikki ming) so‘m;

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 2 000 000 (ikki million) so‘m;

Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 1 000 000 (bir million) so‘m.

Bildirilishicha, oldingi saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun mablag‘ ajratilmagan. 

“Bu yilgi Yangi O‘zbekiston. Yangi saylovlar – shiori ostida yuqori saviyada tashkil etilgan saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ham budjet mablag‘larining ajratilishi, nafaqat Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, balki, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligiga ham saylovlar jarayoni, nomzodlar o‘rtasidagi debatlar, siyosiy partiyalararo sog‘lom raqobat va har bir deputatlik o‘rni uchun kurash qizg‘in kechishidan dalolatdir”, - deyiladi MSK xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top