11:30 / 15.10.2019
0
34863

Shamollar shahri Boku haqida qiziqarli ma'lumotlar

14-15 oktabr kunlari Turkiy tilli davlatlar kengashining 7-sammiti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Fursatdan foydalanib, Ozarboyjon va uning poytaxti haqidagi qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Ozarboyjon – Yaqin Sharqdagi, Kavkazortidagi kichik davlat. Ayrim geograflar uni Sharqiy Yevropadagi mamlakat deb hisoblashadi. Bu borada hali ham bahslar olib boriladi.

Poytaxt Boku – ko‘p millatli shahar. Bu yerda Nyu-York yoki Bangkok kabi shaharlarda bo‘lgani kabi 70ga yaqin millat va elatlar vakillari istiqomat qiladi.

Boku ko‘chalari bo‘ylab London keblaridan nusxa olingan bir necha minglab taksilar harakatlanadi. Ular bu yerda «baqlajon taksi» deb ataladi. 

Mehmondo‘stlik – poytaxt Boku va umuman Ozarbayjonga xos bo‘lgan jihat. Mehmon tashrif buyurganida boshqa ishlar chetga surib qo‘yiladi. Bularning bari – mehmonning ko‘nglini olish uchun qilinadi. 

Boku – Kavkazdagi eng yirik shahar, shuningdek, Kaspiy dengizi qirg‘og‘idagi eng yirik port.

Dunyodagi ilk zamonaviy neft qudug‘i aynan shu yerda qazilgan.

Nobel mukofoti mavjudligi sabablaridan biri Boku shahridir. Chunki mukofot ta'sischisi Alfred Nobel mahalliy neft sababli katta boylik orttirgan.

Deyarli har kuni bu yerda kuchli shamol esadi, shuning uchun ham Bokuni ba'zida shamollar shahri deb atashadi.

Bokuda Monako, Dominikana, Kuvayt va Fidji kabi mamlakatlarga qaraganda ko‘proq (2,3 mln) odam yashaydi.

Sovet ittifoqi davrida aynan Bokuda SSSR hududidagi ilk sirk ochilgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida sovet armiyasi va floti uchun foydalaniladigan jami neftning 85 foizi aynan Bokuda qazib olingan. 

Boku metropoliteni 1967 yilda ishga tushirilgan. Uzunligi Toshkent metrosi bilan deyarli teng – har ikkala metropoliten ham uchtadan yo‘nalishni o‘z ichiga olgan va 36 km masofaga cho‘zilgan.

Mashhur «Brilliant qo‘l» filmining ayrim sahnalari Bokuda suratga olingan. 

Ozarbayjon poytaxtidagi zamonaviy diqqatga sazovor joylardan biri – shahar markaziga yaqin yerdagi 235 metrli uchta osmono‘par binolardan iborat majmuadir.

Boku yaqinida Mazasir ko‘li joylashgan. Uning suvi pushtirangda. Suv tarkibida sanoat maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan tuzning katta zaxiralari mavjud.

Qorabog‘ zotli ot Ozarboyjonning faxri sanaladi. U chidamliligi, tezkorligi va yuqori intellekti bilan ajralib turadi. Qiziqarli jihati shundaki, otning bu zoti faqat shu yerda olinadi. 

Ozarboyjon pul birligi (manat) ko‘rinishidan yevroga juda o‘xshash.

2014 yilda Bokuda Gilam muzeyi ochilgan. Muzey binosi o‘rab qo‘yilgan gilam ko‘rinishida ishlangan.

Chovgon – Ozarboyjondagi an'anaviy sport turi sanaladi. Ushbu jamoaviy o‘yin zamonaviy ot polosining avvalgi ko‘rinishi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top