11:55 / 16.10.2019
0
36800

Toshkentda ikki kunda ikki nafar yosh bola 4-qavatdan tushib ketdi

Foto: Vladislav Vodnev

Toshkentda ikki kunda ikki nafar yosh bola 4-qavatdan tushib ketdi.

Joriy yilning 15 oktabr kuni soat 13:17da 102 raqamiga xabar kelib tushgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB ma'lumotida.

Unga ko‘ra, Chilonzor tumanida bir yarim yoshli A. buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan yiqilib tushgan. 

Natijada bola tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazilgan. Biroq, shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan, bola hayotdan ko‘z yumgan.

“Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni xonalarda yolg‘iz qoldirmang. Yuqoridagi kabi baxsiz hodisalar yuz bermasligi uchun derazalar ortiga panjaralar yoki bolalar uchun mustahkam cheklagichlar o‘rnatishni tavsiya etamiz”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.

Bundan oldin, Chilonzor tumanida ikki yashar bola 4-qavatdan tushib ketgani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top