20:20 / 17.10.2019
0
17208

Nokautdan keyin komaga tushgan amerikalik bokschi vafot etdi

Amerikalik bokschi Patrik Dey hamyurti Charlz Konvellga qarshi 12 oktyabrda o‘tkazgan jangda olingan miya-chanoq jarohatidan keyin 17 oktyabrga o‘tar kechasi vafot etdi.

 Bu haqda Butunjahon boks kengashi (WBC) saytida ma'lum qilindi. 

27 yoshli Dey raqibidan 10-raundda og‘ir nokautga uchragach, jang to‘xtatilgandi. Bokschi ringdan nosilkalarda olib ketilgan. Keyinroq u koma holatiga tushgandi.

Dey faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, ulardan 17 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan va bitta durangga erishgan edi. 

2019 yilda bu uchinchi bokschining jangdan keyin vafot etishidir. Iyulda jangda olingan jarohatlardan rossiyalik Maksim Dadashev va argentinalik Ugo Santilyan vafot etgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top