10:23 / 18.10.2019
0
29779

«Menga oldindan to‘lang». 53 yoshli Mayk Tayson ko‘nikmalarini ko‘rsatdi va boksga qaytish haqida gapirdi

Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson o‘z ko‘nikmalarini hali ham yo‘qotmaganini ko‘rsatib berdi, deb yozmoqda Vesti.kz.

Og‘ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni hozir 53 yoshda. Uning hazil yo‘sinda ma'lum qilishicha, ringga qaytishi mumkin. Tayson tegishli videoni tvitterdagi o‘z sahifasida e'lon qildi.

«Ringga qaytishni mo‘ljallayotganim yo‘q, lekin buni qilishim mumkin. Faqat menga oldindan to‘lang. Jangchilarning yangi avlodi bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘raman», - deya videoga izoh qoldirgan Tayson.

Eslatib o‘tamiz, Tayson profi-boksda 58ta jang o‘tkazib, ularning 50tasida g‘alaba qozongan. Uning hisobida 44ta nokaut bor. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top