21:55 / 18.10.2019
0
10554

Qoraqalpog‘iston va Mang‘istau viloyati o‘rtasidagi uchastkalarda Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston Respublikasining Mang‘istau viloyati o‘rtasidagi uchastkalarda Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

14-18-oktabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston Respublikasining Mang‘istau viloyati o‘rtasidagi uchastkalarda Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Tadbirda 160 ta chegara ustunlaridan iborat chegara belgilari Bayonnomasi hamda mazkur belgilarning koordinatlari va joylashuv kengliklari Katalogi loyihalari tayyorlandi va imzolandi.

2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlari amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top